Sherzod Asadov Prezidentning joriy haftadagi ish rejasi bilan tanishtirdi

Sherzod Asadov Prezidentning joriy haftadagi ish rejasi bilan tanishtirdi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining haftalik ish jadvali bilan tanishtirdi.

1. 15-16 iyul kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Pokiston yetakchisi rasmiy tashrif bilan, Afg‘oniston rahbari esa Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida amaliy tashrif bilan kelmoqda.

Ushbu konferensiya, shubhasiz, joriy haftaning eng muhim tadbiri bo‘ladi. Uning ishida, avval qayd etilganidek, Afg‘oniston va Pokiston Prezidentlari, shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik sisati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozep Borrel, 20 dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ishtirokchilarning umumiy soni 600 dan ortiq.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokchilarga videomurojaat yo‘llaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan konferensiya Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Yalpi va sho‘’ba majlislarida mintaqaviy bog‘liqlikni yanada chuqurlashtirish imkoniyatlari, shu jumladan savdo va transport sohalaridagi hamkorlikning barqaror o‘sishni ta’minlashdagi o‘rni, madaniy-gumanitar aloqalarni qayta tiklash orqali do‘stlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi tahdid va xatarlar muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari Afg‘oniston Prezidenti, Pokiston Bosh vaziri, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosiy idorasi rahbari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

2. Shu hafta qator hududlarda nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar