O‘n sakkizta vazirlik va idoralar, viloyat, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlari rahbarlari va vakillari ishtirokida ishchi guruhlar va tezkor shtablar tuzilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat o‘rganilmoqda.
“Mahallabay” yurib, uyma-uy aholi muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish maqsadida mas’ullar ishtirokida o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.
Bugunga qadar tomunda 50 ta mahallada 35 150 ta xonadon, 638 ta ijtimoiy soha va boshqa ob’yektlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilgan.
Joylarda aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi.
Xususan, Shofirkon aholisiga 695,4 tonna qo‘shimcha suyultirilgan gaz yetkazildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 89 ta temir beton tayanchlar, 15 dona yangi transformatorlar o‘rnatildi, 4 ta transformator ta’mirlandi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 14 ta mahallada ishlar boshlangan bo‘lib, hozirga qadar 24 km tarmoq tortish ishlari yakunlandi. Jami 49,8 km yo‘llar ta’mirlandi. Shundan, 6,1 km yo‘l asfalt qilindi, 39,7 km ichki yo‘llarga shag‘al yotqizildi, 4 km yo‘l betonlashtirildi.
“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida 481 nafar fuqaroga 13,0 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. 640 nafar fuqaroga 1,7 mlrd. so‘m subsidiya ajratildi.
425 nafar fuqarolarning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 295 nafari doimiy ish bilan ta’minlandi, 32 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 68 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi, 30 nafariga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 395 nafar ayollarga turli yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 35 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari, 20 nafariga inkubator, 51 nafar ayollarga mini pechlar berildi, 18 nafar ayollarga uy-joy ta’miri uchun ko‘mak berildi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 84 nafar yoshlarga turli yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 57 nafar yoshlarga kontrakt to‘lovlari to‘lab berildi, 15 nafariga tikuv mashinasi berildi, 6 nafar fuqaroga davolanish harajatlari qoplab berildi.
Ishlar davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish