2022 yil yakuni bilan Sirdaryo viloyatidagi mehnat resurslari soni 487 200 kishini, shundan iqtisodiy faol aholi soni 373 900 kishini, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 113 300 kishini tashkil etdi. Iqtisodiy faol aholining 90,7%, ya’ni 339 100 kishi iqtisodiyotda band bo‘lgan.
Iqtisodiyotda bandlarning asosiy qismi Guliston shahri (45,8 ming kishi), Boyovut tumani (52,6), Sirdaryo (49,6) tumanlariga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy faol aholining 9,3%, ya’ni 34 800 kishi ishsiz bo‘lgan.
Tarmoqlar kesimida o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Moliyaviy va sug‘urta faoliyati 7 166,7 ming so‘m, axborot va aloqa 3 939,2 ming so‘m, sanoat 3 597,3 ming so‘mni tashkil etib, eng past ko‘rsatkichlar qurilish 1 929,7 ming so‘mni, san’at, ko‘ngil ochish va dam olish 1 981,8 ming so‘m kuzatildi.
Izoh qoldirish