Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasi 2023 yil 2-chorak yakunlari tahlil qilindi

Sirdaryo viloyati qishloq xo‘jaligi sohasi 2023 yil 2-chorak yakunlari tahlil qilindi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 4 987,4 mlrd.so‘mni shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar –4 653,5 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 261,9 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 72,1 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 105,4% ni (3-o‘rin), respublikadagi ulushi 3,2% ni (12-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Yangiyer shahri (111,9%), Mirzaobod (110,6%) va Sardoba (107,8%) tumanlarida qayd etildi.

YaHM tarkibidagi qishloq xo‘jaligi ulushi 31,6% ni tashkil etib, 2022 yil mos davriga nisbatan 1,4 punktga kamaygan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 5 537, 1 ming so‘mni (4-o‘rin) tashkil etdi.

Aholi jon boshiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eng yuqori ko‘rsatkichlari Oqoltin (10 097 ming so‘m), Sardoba (8 022 ming so‘m) va Sayxunobod (7 975 ming so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 57% chorvachilik, 43% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 63,1% dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida, 29,1% fermer xo‘jaliklarida hamda 7,8% qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan yetishtirildi. Sohada kichik biznes ulushi 0,8 foiz punktiga oshib 97,6% ni tashkil etdi.

Xujakulov Ulug‘bek Suvonkulovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar