2023 yil yanvar-sentyabr oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalar 9 154,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tahlil qilganda, o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 11 foizi korxona va aholi mablag‘lari, 67 foizi To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, 4 foizi davlat byudjeti va 18 foizi bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida ishlab chiqarish, ya’ni, mashina, asbob-uskunalar va inventarlar xarajatlari 68 foizni, noishlab chiqarish - qurilish-montaj ishlari xarajatlari 21 foizni tashkil etdi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalarning 56 foizi (5 092 mlrd so‘m) Boyovut tumaniga, 13 foizi (1 175 mlrd so‘m) Sirdaryo tumaniga to‘g‘ri keladi.
Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish