Sirdaryo viloyatida sanoat sohasining 2023 yil 3-chorak yakunlari tahlil qilindi

Sirdaryo viloyatida sanoat sohasining 2023 yil 3-chorak yakunlari tahlil qilindi

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida jami 10 694,8 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘sish sur’atlari 107,1% ni, respublikadagi ulushi 2,3% ni (13-o‘rin) tashkil etdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Shirin shahri (110,7%), Sardoba tumani (110,4%) va Yangiyer shahrida (107,3%) viloyat o‘rtacha o‘sish darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Sanoat mahsulotlari hajmining 65,4 foizi Shirin shahri (43,5%) va Sirdaryo tumanii (21,9%), hissasiga to‘g‘ri keladi.

YaHM tarkibidagi sanoat ulushi o‘sib 26,4% ni tashkil etib, 2022 yilga nisbatan 1,5 punktga o‘sgan.

Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 11 841,9 ming.so‘mni, o‘sish sur’atlari 105% ni tashkil etdi.

Shirin shahri (240 160 ming so‘m) va Sirdaryo (17 246 ming so‘m) tumanida aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari viloyat o‘rtacha darajasidan yuqori, Xovos (1 996 ming so‘m) va Sardoba (2 304 ming so‘m) tumanlarida eng past ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

Jami sanoat mahsulotlarining 58,1% qayta ishlash va 40,9% elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sanoati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Tog‘-kon sanoati ulushi – 0,6% va oqava suv, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish ulushi – 0,4% ni tashkil etdi.

Qayta ishlash sanoati tarkibidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish (37,2%), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (30,1%), boshqa nometall mineral mahsulotlari ishlab chiqarish (9,3%) yo‘nalishlari eng yuqori ulushga ega.

1 oktyabr holatiga 217 ta yangi sanoat korxonalari tashkil etilib, sanoat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxonalar soni 1 546 tani tashkil etdi. KBSning jami sanoatdagi ulushi 31,8%, sohada hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi 3 526 ming so‘mni tashkil etdi.

Saibov Farrux Farxodovich
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jizzax filiali yetakchi ilmiy xodimi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar