Infografika: Sirdaryo viloyatining 2022 yil uchun tashqi savdo aylanmasi

Infografika: Sirdaryo viloyatining 2022 yil uchun tashqi savdo aylanmasi

2022 yilda Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 813,5 mln. dollar bo‘lib, shundan 60 foiz – 486 mln. dollar import va 40 foiz – 328 mln.dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida -158 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 240,5 mln. dollar bilan Qozog‘iston bilan bo‘lib, 24,8 mln.dollar eksport va 215,7 mln.doll. importni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (134,2 mln.doll.), Rossiya (121,5 mln.doll.) va Afg‘oniston (127 mln.doll.) davlatlari turadi.

2022 yil davomida hududda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 158 mln dollar, sanoat mahsulotlari eksporti 103 mln. dollar, har xil tayyor mahsulotlar 22,8 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 16,9 mln.dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 12,7 mln. dollarni tashkil etdi.

Ushbu davrda oziq-ovqat mahsulotlari importi 207,4 mln. dollar, mashina va transport uskunalari importi 113 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 82,3 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 27 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari 21,3 mln. dollar, ni tashkil etdi.

Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 28 foizi Sirdaryo tumani, 25 foizi Yangiyer shahri, 10 foizi Sayxunobod va 8 foizi Mirzaobod tumanlaridan amalga oshirildi.

Importning 41 foizi Sirdaryo tumaniga va 27 foizi Yangiyer shahriga to‘g‘ri keladi.

Feruz Rahimov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar