Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jizzax filiali tomonidan 2023 yilning 1 choragi davomida Sirdaryo viloyatining qurilish sohasi bo‘yicha tahliliy ma’lumot tayyorlandi.
2023 yilning yanvar-mart oylari davomida Sirdaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi 634,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 100,3% ga oshdi. Qurilish ishlari yalpi hududiy mahsulot (YaHM)dagi ulushi 17% ni tashkil etdi. Qurilish sohasida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ishchi xodimlarning 2023 yilning 1 choragida o‘rtacha oylik ish haqi 2,392 mln.so‘mni tashkil etdi.
Qurilish sohasida amalga oshirilgan ishlarning 73% qismi kichik va mikrokorxonalar tomonidan, 18% - yirik korxonalar va 9% - norasmiy sektor tomonidan amalga oshirilgan.
Sirdaryo viloyatida amalga oshirilgan jami qurilish ishlarining 34% qismi Guliston shahrida, 22% - Sirdaryo va 16% - Mirzaobod tumanida amalga oshirilgan. Qurilish ishlari eng kam Sardba, Oqoltin va Sayxunobod tumanlarida amalga oshirilgan.
Sirdaryo viloyatida jami 1204 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritib, ularning soni o‘tgan yilga nisbatan 26%ga kamaygan. Qurilish firmalarining aksariyati Guliston shahri (35%), Mirzaobod (11%) va Sirdaryo (9%) tumanlarida joylashgan. Sardoba tumani (3%) va Shirin shahri (3%) qurilish firmalari soni eng kam hududlar hisoblanadi.
Izoh qoldirish