Yanvar-sentyabr oylari davomida Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 622,5 mln. dollar bo‘lib, shundan 59 foiz – 368,2 mln. dollar import va 41 foiz – 254,4 mln.dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida -113,8 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 175,4 mln. dollar bilan Qozog‘iston bilan bo‘lib, 22 mln.dollar eksport va 153,4 mln.doll. importni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (124 mln.doll.), Afg‘oniston (121 mln.doll.) va Rossiya (96 mln.doll.) davlatlari turadi.
Hisobot davrida hududda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 139,2 mln dollar, sanoat mahsulotlari eksporti 73,5 mln. dollar, har xil tayyor mahsulotlar 17,6 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 11,3 mln.dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 6,4 mln. dollarni tashkil etdi.
Ushbu davrda oziq-ovqat mahsulotlari importi 138,6 mln. dollar, mashina va transport uskunalari importi 89,4 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 60,3 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 21,8 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari 12,8 mln. dollarni tashkil etdi.
Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 36 foizi Yangiyer shahri, 25 foizi Sirdaryo, 9 foizi Boyovut va 9 foizi Sayxunobod tumanlaridan amalga oshirildi.
Importning 44,3 foizi Sirdaryo tumaniga va 21,1 foizi Yangiyer shahriga to‘g‘ri keladi.
Feruz Raximov
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Izoh qoldirish