SOVID-19 ga qarshi ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi “Self-Safety” mobil ilovasi yaratildi

SOVID-19 ga qarshi ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi “Self-Safety” mobil ilovasi yaratildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamkorligida fuqarolarni ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi “Self-Safety” mobil ilovasi yaratildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

COVID-19 dan saqlanishda mobil ilovalardan foydalanish samaradorligi Janubiy Koreya, Singapur, Isroil, Italiya, Fransiya kabi ko‘plab davlatlar tajribasida isbotlandi. Bu turdagi ilovalar jamoat joylarida sizning xotirjamligingizni ta’minlaydi, yaqin kishilaringizni kasallik yuqtirib olish ehtimoli paydo bo‘lganda ogohlantiradi.

Ilova mobil telefonning GPS va Bluetooth modullari yordamida foydalanuvchilardan birida kasallik aniqlansa, bir daqiqa ichida barcha foydalanuvchilarni 5 metr radiusda kesishgan nuqtalarini solishtiradi. Kesishuv nuqtalari aniqlangach, mazkur joylarda 5 metrli radiusda bo‘lgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Mobil ilova Android va iOS platformalarida mavjud bo‘lib, www.coronavirus.uz veb-saytidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda ilova GPS va Bluetooth modullarini yoqib qo‘yish lozim.

Ilova undan qancha ko‘p odam foydalansa, uydan tashqarida ushbu ilovani faollashtirsa, shuncha sifatli va yaxshi ishlaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar