Tadbirkorlar huquqini buzgan 800 nafarga yaqin mansabdor javobgarlikka tortildi

Tadbirkorlar huquqini buzgan 800 nafarga yaqin mansabdor javobgarlikka tortildi

Bugun AOKAda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha, tadbirkorlik sub’yektlari manfaatida sudlarga jami 179ta da’vo arizasi va shikoyat bilan murojaat etildi.

Shundan:

▫️ iqtisodiy va fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlarga 60 mlrd so‘mlik 75ta da’vo;

▫️ ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarga 60ta shikoyat arizasi

▫️ kassatsiya va nazorat tartibida 44ta shikoyat kiritildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor va mas’ul shaxslarning 778 nafari ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 502 nafariga intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan hamda davlat organlari va tashkilotlarining 345 ta noqonuniy qaror va hujjatlari bekor qilindi.

Shuningdek, sudlarga kiritilgan da’vo ariza va shikoyatlar asosida 44,4 mlrd so‘mlik qarzdorlikni undirish va 45 ta g‘ayriqonuniy qarorni haqiqiy emas deb topish haqida sud qarorlari qabul qilingan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar