Vazirlar Mahkamasi 27 dekbar kuni aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Hujjat Lex.uz ma’lumotlar bazasida e’lon qilindi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik sub’yektini ro‘yxatdan o‘tkazish arzonlashtiriladi. Ilgari ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasini olishda yig‘im BHMning 1 baravari (270 ming so‘m) bo‘lsa, endilikda BHMning 20 foizi (54 ming so‘m) miqdorida belgilandi. Tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan kundan 5 ish kuni ichida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat boji to‘lamasdan murojaat qilinishi mumkin.
Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirilganda yig‘im 10 foizga — 48 600 so‘mgacha kamaytiriladi.
Bundan tashqari, yuridik konsalting firmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirildi. Adliya organlari ro‘yxatdan o‘tgan firma tomonidan taqdim etilgan maslahatchilar to‘g‘risidagi hujjatlarni uch kunda emas bir kunda ko‘rib chiqishi kerak.
Advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish osonroq bo‘ladi — ariza 10 ish kuni (ilgari 20 ish kuni) ichida ko‘rib chiqiladi, litsenziya dublikatini berish uchun 2 ish kuni (ilgari 3 ish kuni) davom etadi.
Bundan tashqari, bir qator xizmatlarni olishda yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi talab qilinmaydi.
Bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish reglamentlariga nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar davlat boji va yig‘imlarini 50 foizlik chegirma bilan to‘lashi mumkinligi bo‘yicha qoida ham qo‘shildi.
Izoh qoldirish