Bir qator lavozimlar tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasida boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 269 nafardan iborat bo‘ladi.
2021 yil 10 iyundagi Prezidentning “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
a) quyidagilar tugatiladi:
- Bosh vazirning maslahatchisi – sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi;
- sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti;
- ta’lim, sog‘liqni saqlash, yoshlar, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati;
b) Bosh vazirning maslahatchisi – Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i lavozimi kiritiladi;
v) quyidagilar tashkil etiladi:
- geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti;
- ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati;
- yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati.
Vazirlar Mahkamasining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 269 nafardan iborat bo‘lgan yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.
Belgilanishicha:
- Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati, Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati hamda Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan;
- Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Izoh qoldirish