Talabalar uchun muhim yangilik: Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Talabalar uchun muhim yangilik: Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

OTMlar bakalavriati va magistraturasiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda xorijiy fuqaro sifatida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2020 yilning 1 dekabri etib belgilandi.

Shuningdek, Respublika komissiyasining 2020 yil 12 noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy yilning 16 noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish belgilandi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar