2025 yil 14 aprel kuni O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) mamlakatlari yetakchi milliy tahlil markazlarining “Turkiy davlatlar tashkiloti mamlakatlari o‘rtasida savdo salohiyatini kengaytirish: qo‘shma tadqiqotlar va strategik yechimlar” mavzusida xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024 yil 6 noyabr kuni Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining (TDT) 11-sammitida tomonidan ilgari surilgan tashabbusi doirasida TDT Bosh kotibiyati bilan hamkorlikda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan tashkil etilmoqda.
Anjumanning asosiy maqsadi, TDT mamlakatlarining yetakchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda tadqiqotlar o‘tkazish, bilim almashish va Tashkilot makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadbir ishtirokchilari savdo to‘siqlarini bartaraf etish va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish masalalari, shuningdek, elektron savdo platformalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.
Anjuman yetakchi milliy tahlil markazlari o‘rtasida tajriba va ilg‘or tajriba almashish uchun platforma bo‘lib, bu esa TDT mamlakatlarining jahon iqtisodiyotiga raqobatbardoshligini va integratsiyalashuvini oshirish strategiyalarini aniqlashga yordam beradi. Ishtirokchilar savdoni kengaytirish va investitsiyalarni jalb qilishning yangi imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan joriy tadqiqotlar bilan tanishishlari mumkin.
Ushbu ilmiy anjuman doirasida to‘rtta ishchi sessiya ko‘zda tutilgan:
“TDTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi savdoning hozirgi holati va foydalanilmagan imkoniyatlar”
“Raqamli savdo va innovatsiyalar”
“Mintaqaviy integratsiya va infratuzilma loyihalari”
“Barqaror rivojlanish: yashil iqtisodiyot va ijtimoiy-demografik muammolar”.
Mazkur tadbir natijalari Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida samarali iqtisodiy siyosatni shakllantirish uchun asos bo‘lib, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Taklif etilgan ekspertlar orasida: Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Merey Mukajan, Turkiy tillar akademiyasi vitse-prezidenti Asxat Kesikbayev hamda tashkilotga a’zo mamlakatlar tahliliy markazlarining boshqar rahbarlari va ekspertlari o‘rin olgan. Ekspertlar yanada integratsiyalashgan va o‘zaro manfaatli iqtisodiy makon yaratish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadilar.
Xalqaro ilmiy anjuman fikr almashish va g‘oyalarni muhokama qilish, mintaqadagi yetakchi ekspertlar va tahlil markazlari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish uchun platforma bo‘ladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar va marketing bo‘limi
OAVlari anjumanda ishtirok etish masalalari bo‘yicha quyidagi raqamlar bilan bog‘lanishlari mumkin: 78-150-02-02 (417)
Izoh qoldirish