TDIU talabalariga bank xodimlari dars o‘tishi taklifi bildirildi

TDIU talabalariga bank xodimlari dars o‘tishi taklifi bildirildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari, Markaziy bank hamda aksiyadorlik tijorat banklarining kadrlar bilan ishlash bo‘yicha boshliqlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy bank Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Mirxodjayev Ulug‘bek TDIUda dars mashg‘ulotlarini sohadagi bugungi islohotlar jarayoniga monandligini ta’minlash maqsadida banklarda faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislarni jalb etishni taklif qildi.

Ma’lumot uchun, so‘ngi o‘quv yilida TDIUning “Bank ishi” ta’lim yo‘nalishini tamomlagan bitiruvchilarning 67 foizi, ayni mutaxassislikda magistraturani bitirganlarning 83 foizi bank tizimida mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar