O‘zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch yo‘naltirilmoqda.
Joriy yilning 30 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida, ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin yillarda samarali natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab berishda Finlyandiya ta’lim tizimini ilg‘or tajribasidan foydalanish tavsiya etildi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti va JAMK universiteti orasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, bugungi kunga qadar bir nechta loyihalar bo‘yicha ish olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent davlat stomatologiya instituti jamoasiga 2 ta JAMK Amaliy fanlar universiteti pedagoglari qabul qilindi. Finlyandilik professorlar Annina Kangas-Niyemi va Sari Yarvinen «Sog‘liqni saqlash menedjmenti va boshqaruvi» fanidan ma’ruza va amaliy fanlarni o‘qitishga jalb qilindilar.
Izoh qoldirish