Toshkent davlat stomatologiya institutiga dunyoning yetakchi universitetlarining 25 nafar professor-o‘qituvchilari ishga qabul qilindi

Toshkent davlat stomatologiya institutiga dunyoning yetakchi universitetlarining 25 nafar professor-o‘qituvchilari ishga qabul qilindi

Joriy yilning 30 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimiz ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida, ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin yillarda samarali natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab berishda dunyodagi yetakchi ta’lim tizimini ilg‘or tajribasidan foydalanish tavsiya etildi.

Toshkent davlat stomatologiya institutining dunyoning yetakchi hamkor universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, bugungi kunga qadar bir nechta loyihalar bo‘yicha ish olib borilmoqda.

2020-2021 o‘quv yili bahorgi semestridan boshlab, Toshkent davlat stomatologiya instituti jamoasiga 25 ta xorijiy pedagoglari ishga qabul qilindi.

Hamkor universitetlar orasida dunyodagi QS xalqaro reytingga kiruvchi Italiyaning Milan universiteti, Finlyandiyaning JAMK universiteti, Rossiyaning RUDN universiteti va boshqalar o‘rin egallagan.

Mazkur pedagoglar «Stomatologiya» va «Davolash ishi» yo‘nalishdagi fanlardan ma’ruza va amaliy fanlarni o‘qitishga jalb qilindilar.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar