“Mo‘ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafonini o‘tkazish doirasida ishtirokchilarning harakatlanish yo‘li bo‘ylab yo‘llarning quyidagi qismlari harakat uchun soat 9:30 dan 11:30 gacha yopiladi:
1) Afrosiyob ko‘chasi — “O‘zbekiston” metro bekatidan Nukus ko‘chasigacha (Shox Med Center klinikasi);
2) Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha;
3) Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasigacha;
4) Qorasaroy ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan “Hazrati Imom” majmuasigacha;
5) Zarqaynar ko‘chasi — Qorasaroy ko‘chasidan O‘zbek davlat sirkining pastidagi tonnelgacha;
6) Furqat ko‘chasi — O‘zbek davlat sirkining pastidagi tonneldan Islom Karimov shoh ko‘chasigacha;
7) Islom Karimov shoh ko‘chasi – Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha.
"Ushbu yo‘l qismlarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz", deyiladi toshkent shahar hokimligi xabarida.
Izoh qoldirish