Jumladan, Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari hamda tegishli vazirlik va idora vakillaridan tashkil topgan Respublika ishchi guruhi boshchiligida shunday ezgu ishlar Toshkent viloyatida ham olib borilmoqda.
O‘tgan ikki yarim oy mobaynida Toshkent viloyati bo‘yicha tanlangan 4 ta “og‘ir” mahallada – Piskent tumanidagi “Suvti”, Bekobod tumanidagi “Xonobod”, Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Boyg‘ulli” va Quyichirchiq tumanidagi “Ko‘ksaroy” MFYlarda 41 ta ko‘chada bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Dasturga ko‘ra 966 ta o‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan fuqarolarning turar joylari kapital ta’mirlab berildi. Mahallalarda 5,8 km yo‘l shag‘al yotqizildi, 3 772 m2 piyoda yo‘laklari qurildi. Besh kilometrga yaqin uzunlikdagi yangi elektr tarmog‘i tortildi, 253 dona yoritish chiroqlari o‘rnatildi, 2 ta yangi transformator o‘rnatilib, 11 tasi kapital ta’mirlandi, 1 mingdan ziyod simyog‘och ustunlarni beton ustunlarga almashtirildi, 82 ta yangi qo‘shimcha temir-beton ustunlar o‘rnatildi.
Gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida 12 ta gaz taqsimlash punkti, 35,2 km gaz tarmog‘i ta’mirlandi. Aholi talabidan kelib chiqqan holda xonadonlarga qo‘shimcha 126 ta suyultirilgan gaz ballonlari, 12 tonna ko‘mir yetkazib berildi.
Aholining yordamga muhtoj qatlami ijtimoiy hamda tibbiy muhofazasi masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi. Xususan, 289 nafarini doimiy ish joyi bilan ta’minlashda, 36 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishida, 26 nafariga esa 625 mln. so‘m imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashildi. “Temir daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftari”dagi 80 ga yaqin fuqaroga 100 mln. so‘mdan ziyod turli moddiy yordamlar ko‘rsatildi.
Shu bilan birga 10 mingga yaqin fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ko‘rik natijasiga ko‘ra 47 nafariga davolanish uchun bepul order berildi va shifoxonaga joylashtirildi, 500 ga yaqin fuqaro bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.
Mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida ham turli hil targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borildi. Xonadon madaniyatini yuksaltirish, oilalarda farzand tarbiyasi, kitobxonlikni targ‘ib qilish, sport tadbirlari, “Uch avlod uchrashuvlari” kabi yuzdan ziyod tadbirlar shular jumlasidan.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Izoh qoldirish