Transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinadi

Transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinadi

“Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (125-son, 09.03.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, transport vositalarini Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarida majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalanish tartibi joriy etiladi.

2021 yil 1 sentyabrdan jismoniy shaxslarga tegishli M1 (https://t.me/huquqiyaxborot/6814) toifadagi avtotransportlarni tadbirkorlar – yuridik shaxslar tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalaniladi.

2021 yil 1 iyulga qadar avtotransportlarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Texnik ko‘rik” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati yaratiladi.

2021 yil 1 sentyabrdan xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlardan tashqari barcha transportlarga texnik ko‘rikdan o‘tganligi to‘g‘risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinadi.

Qarorga bilan shuningdek, Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, transportlar quyidagi davriylikka muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak:

➖ tijorat asosida yo‘lovchilar tashuvchi yengil avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, tramvaylar va o‘rindiqlar soni 8 ta va undan ortiq bo‘lgan (haydovchining o‘rnidan tashqari), odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, og‘ir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transportlar va ularning tirkamalari – bir yilda ikki marta;
➖ ishlab chiqarilganiga 6 yildan ko‘p bo‘lmagan transportlar – ikki yilda bir marta;
➖ ishlab chiqarilganiga 6 yildan ortiq bo‘lgan, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniq bo‘lmagan transportlar – bir yilda bir marta;
➖ tirkamalar texnik ko‘rikka transport vositasi – shatakchi uchun belgilangan muddatlarda;
➖ navbatdagi texnik ko‘rikdan o‘tkazishning ilgari o‘rnatilgan muddatlaridan qat’i nazar, ularni DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) vaqtida.

Yangi transportlar DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar