Ukrainada ilk bor O‘zbekiston birjasining xorijiy savdo maydonchasi ish boshladi

Ukrainada ilk bor O‘zbekiston birjasining xorijiy savdo maydonchasi ish boshladi

Ukrainaning Kiyev shahrida ilk bor “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ ning xorijiy savdo maydonchasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar qildi.

Birjaning yangi xorijiy savdo maydonchasi ta’sischisi Ukrainaning “TREYD-BB” MChJ kompaniyasi bo‘ldi.

Savdo maydonchasini ochish va ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi delegatsiyasining Ukrainaga tashrifi mobaynida amalga oshirildi.

Ayni paytda birjaning yangi savdo maydonchasi tomonidan xorijiy mijozning 500 tonna o‘simlik yog‘ini O‘zbekiston Respublikasiga sotish bo‘yicha dastlabki buyurtmasi kiritildi.

Hozirgi kunda "O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi" AJ xalqaro savdo tarmog‘i 15 ta xorijiy savdo maydonchalaridan iborat.

Ma’lumot uchun: Xorijiy savdo maydonchalari bu elektron birja savdolarining yagona tizimiga ulangan birjaning masofadagi savdo markazlaridir. Ular tadbirkorlarga birja savdolarida erkin qatnashish huquqini va birja bitimlarni mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar