UzAuto Motors, Beeline, Ucell, «O‘ztransgaz», «O‘zbekneftgaz» kabi 20 ta kompaniyalar yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritildi

UzAuto Motors, Beeline, Ucell, «O‘ztransgaz», «O‘zbekneftgaz» kabi 20 ta kompaniyalar yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatiga kiritildi

Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun byudjet 2021» loyihasini taqdim etdi. Unda O‘zbekistondagi 20 nafar eng yirik soliq to‘lovchi keltirilgan. Ushbu kompaniyalar 2021 yilda davlat byudjeti tushumlarining 47,3 foizini ta’minlashi kutilmoqda.

  1. «O‘ztransgaz» AJ — 3,3 foiz;
  2. «O‘zbekneftgaz» AJ — 5,1 foiz;
  3. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 6,4 foiz;
  4. «Navoiy kon-metalurgiya kombinati» — 20,1 foiz;
  5. «O‘zbekiston temir yo‘llari» — 0,2 foiz;
  6. Tashkent Tobacco MChJ— 0,2 foiz;
  7. «Ohangaronsement» AJ — 0,1 foiz;
  8. Universal mobile sistem (Mobiuz) — 0,2 foiz;
  9. «Qizilqumsement» AJ — 0,5 foiz;
  10. «O‘zbekenergo» AJ — 2,3 foiz;
  11. Lukoil overseas supplying and trading DK — 3,1 foiz;
  12. UzAuto Motors AJ — 1,5 foiz;
  13. Unitel (Beeline) QK MChJ — 0,5 foiz;
  14. Coscom (Ucell) QK MChJ — 0,5 foiz;
  15. Uz-Kor Gas Chemical MChJ — 0,4 foiz;
  16. «O‘zbektelekom» AJ — 0,5 foiz;
  17. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi MChJ — 0,3 foiz;
  18. «Toshkentvino» kombinati — 0,3 foiz;
  19. «O‘zBAT» AJ — 1,7 foiz;
  20. «Uzmetkombinat» AJ — 0,1 foiz.

Loyihada qayd etilishicha, davlat byudjeti daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchilar turkumiga kiruvchi korxonalardagi iqtisodiy holatga bog‘liq bo‘ladi. Boshqa daromadlar — asosan davlat ulushi bo‘yicha hisoblangan dividendlar, davlat bojlari, yig‘imlar va jarimalar hisobidan shakllanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar