Uzbekistan Airways mahalliy reyslar uchun chegirmalar foizini e’lon qildi
Chegirma toifalarga qarab belgilanadi. Masalan, turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej o‘quvchilari, litseylar, oliy o‘quv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, O‘zR DBQ va boshqa idoralarning maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40% chegirma beriladi.
Uzbekistan Airways Matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021 yil 1-3 yanvar kunlari O‘zbekiston aholisi uchun Yangi yil bayramini nishonlash davrida aviakompaniyaning barcha mahalliy qatnovlariga chegirmalar joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
Chegirma quyidagi toifadagi fuqarolarga amal qiladi:
- individual yo‘lovchilar uchun - 30%;
- turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej o‘quvchilari, litseylar, oliy o‘quv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, O‘zR DBQ va boshqa idoralarning maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun - 40%;
- oila (2 va undan ortiq kishi, ya’ni: er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari, 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan ota yoki 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan onalar) uchun - 50%;
- nafaqaxo‘rlar uchun - 50%;
- nogironlar uchun - 50%;
- 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun - 50%;
- 1941-1945 yillardagi urush paytida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%;
- Chernobil AESidagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun - 50%.
Izoh qoldirish