"O‘zbekiston: xususiylashtirishdan 30 yil oldinga sakrashgacha" - Forbes mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga baho berdi

"O‘zbekiston: xususiylashtirishdan 30 yillik oldinga sakrashgacha" sarlavhasi ostida Amerikaning yetakchi biznes-jurnali Forbes O‘zbekistonning iqtisodiy transformatsiyasi haqida maqola e’lon qildi.

Kennet Rapozaning yozishicha, "Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida bozor liberalizmi va siyosiy ochiqlik asta-sekin, ammo shubhasiz yangi haqiqatga aylandi", deb yozadi. Pandemiya islohotlar markazini o‘zgartirishga majbur qilgan bo‘lsa-da, inqiroz paytida, ajablanarlisi shundaki, mamlakat uchun ijobiy daqiqalar bo‘lgan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonning raqamli va IT-infratuzilmasi iqtisodiyotning atigi 2,2 foizini tashkil etmoqda. Internet-infratuzilmasiga doimiy sarmoya kiritish hisobiga 2030 yilga kelib bu ko‘rsatkich 10 foizga yetishi kutilmoqda. Londonda joylashgan Sturgeon Capital O‘zbekistonda imkoniyat mavjudligini ko‘rgan kam sonli kompaniyalardan biri edi. Ular venchur jamg‘armasini tuzdilar, oltita mahalliy texnologik kompaniyalarga $10 mln. sarmoya kiritdilar va yana ikkitasi ishlab chiqish jarayonida turibdi.

Hatto O‘zbekiston iqtisodiyotining strategik sohasi bo‘lgan davlat paxtachilik sanoatida ham bozor islohotlari o‘tkazilmoqda. Majburiy mehnatga barham berilishi, ishlab chiqarishga davlat kvotalarining bekor qilinishi va mulk huquqining xususiy o‘yinchilarga o‘tishi Osiyodagi to‘qimachilik ta’minot zanjirining bir qismiga aylanishi mumkin bo‘lgan sanoatning yangi alohida belgilaridir.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar