Ibrohim jamg‘armasi to‘g‘risida AQSh-O‘zbekiston qo‘shma bayonoti

Ibrohim jamg‘armasi to‘g‘risida AQSh-O‘zbekiston qo‘shma bayonoti

AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi (XTMK) va O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekistonning Ibrohim jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashi orqali o‘zaro sherikchilik aloqalari kengayayotganini e’lon qilishdan faxrlanadilar.

Amerika Qo‘shma Shtatlari, Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari ushbu jamg‘armani 2020 yil 20 oktyabrda ochishgan. Bu orqali uch mamlakat mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan xususiy sektor boshchiligida amalga oshiriluvchi sarmoyalar va taraqqiyot tashabbuslari uchun 3 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflashni ko‘zlaydi. Jamg‘arma Ibrohim kelishuvlarida berilgan va’dani bajaradi hamda mintaqa aholisi hayotini yaxshilaydigan sezilarli loyihalar orqali tinchlikning afzalliklarini namoyish etadi.

O‘zbekiston ajratadigan 50 million dollargacha bo‘lgan mablag‘ uning Ibrohim kelishuvlariga sadoqatidan dalolat beradi hamda iqtisodiy hamkorlik va aloqalarni yaxshilash ko‘pchilikning mushtarak maqsadi ekanligini anglatadi. Bu esa O‘zbekiston uchun ham farovonlik keltiradi.

“Biz O‘zbekiston bilan tobora o‘sib borayotgan sherikchilikdan faxrlanamiz hamda uning Ibrohim jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashini umumiy maqsadlarimizni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam deb bilamiz”,- dedi XTMK bosh ijrochi direktori Adam Boler. “Biz Ibrohim jamg‘armasi faoliyati yanada rivojlanishiga umid bildiramiz va boshqa mamlakatlar ham unda ishtirok etishini mamnuniyat bilan qabul qilamiz”.

“Biz O‘zbekistonning Ibrohim jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashi mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan sadoqatining ajoyib namunasi bo‘ladi hamda mintaqada qashshoqlikni kamaytirish, unumdorlik va ish bilan ta’minlashni kuchaytirish, iqtisodiy o‘sishda muhim rol o‘ynaydi, deb umid qilamiz”,- dedi Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar