Ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlarini tashkil etish va vaksinani mahalliylashtirish masalalari muhokama qilingan.
Yig‘ilishda Rossiyada ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida O‘zbekistonda sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo‘llash jarayoniga ruxsat etilgan.
Bugungi kunda ushbu vaksinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Avvalroq Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari B.Yusupaliyev ushbu vaksinani ro‘yxatga olish ishlari boshlangani xususida xabar bergandi.
Izoh qoldirish