"MISiS" Olmaliq filialining 72 nafar bitiruvchilariga diplom topshirildi

Milliy tadqiqotlar texnologik universiteti "MISiS" Olmaliq filiali bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur oliygohni bu yili Konchilik ishi, metallurgiya va texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish kabi mutaxassisliklari bo‘yicha 72 nafar talaba tamomladi. Ulardan 4 nafari a’lochi sifatida e’tirof etildi.

Tadbir ishtirokchilariga filialning tashkil etilishi va tarixiga oid videofilm qo‘yib berildi.

Tantanali marosimda Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor yelchisi Oleg Malginov, MTTU MISiS rektori Alevtina Chernikova, MTTU MISiS Olmaliq shahridagi filiali direktori Farhodbek Umarov va OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov hamda mamlakatimizning kon-metallurgiya sanoati sohasidagi korxonalar vakillari ishtirok yetishdi. Har bir talabaga tantanali ravishda diplom topshirildi.


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar