Poytaxtimizda O‘zbekistonning "Yashil iqtisodiyot"ga o‘tishining strategik va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda "Yangi imkoniyatlar sari: COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyingi O‘zbekistonning yashil tiklanishi" mavzusida xalqaro onlayn-forum o‘tkazildi. Forumning asosiy maqsadi - hukumat, biznes va jamoatchilik qanday qilib yashil tiklanishga asoslangan yangi siyosatni amalga oshirish uchun sa’y-harakatlarini birlashtira olishlarini muhokama qiladigan va "yashil" iqtisodiyotga o‘tishda ko‘mak ko‘rsatish uchun amaliy qadamlarni belgilaydigan onlayn platforma bo‘ldi.
Ushbu Forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati, xususan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometerologik xizmat ko‘rsatish markazi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Yevropa Ittifoqi (YeI) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (BMTEIK) tomonidan o‘tkazildi.
Xalqaro forum uch maqsadni ko‘zladi:
"Yashil" tiklanish va barcha manfaatdor tomonlarni birlashtirish maqsadida O‘zbekiston uchun yanada yaxshi rivojlanishi nimani anglatishini o‘rganish.
Energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari, energiya samaradorligi, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa tegishli yo‘nalishlardagi siyosatni, shu jumladan, O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyotga o‘tish, "yashil" tiklanish jarayonida bo‘lajak ehtimolli inqirozlarga ilg‘or va barqaror jamiyat va iqtisodiyotni yaratishga ko‘mak berish, bir vaqtni o‘zida tabiiy resurslar va atrof-muhitga bosimni pasaytirish siyosatini muhokama qilish uchun maydonni taqdim yetish.
Nihoyat, COVID-19 davrida va keng tarqalishi holatida O‘zbekiston hukumatini "yashil" iqtisodiyotini tiklashida qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhokama qilish va kelgusida ishlab chiqish uchun tavsiyalar to‘plami va amaliy harakatlarni shakllantirish.
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha ishlar 2019 yilning oktyabr oyida "2019 — 2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi" qabul qilingandan so‘ng, COVID-19 pandemiyasi arafasida boshlab yuborilgan edi. Ushbu strategiya energiya samaradorligini oshirish, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan foydalanishni kengaytirish, resurslardan foydalanish unumdorligi va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, hamda yerlar degradatsiyasini qisqartirish hisobiga issiqxona gazlarini havoga tashlanishini qisqartirishni nazarda tutadi.
Barcha resurslar COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashishga qaratilgani sababli milliy strategiya implementatsiyasi 2020 yilda sekinlashishiga qaramasdan sog‘liqni saqlash tizimining global inqirozi jamoatchilik salomatligi, iqlim va tabiat o‘rtasidagi aloqani kuchaytirdi. Yuzaga kelgan vaziyatlar yashil iqtisodiyotga juda kuchli turtki berishi mumkin (masalan, iqlim o‘zgarishiga javoban yashil va sirkulyar iqtisodiyotga global o‘tish vaqtida bo‘lganidek).
Onlayn forum ekspertlarning to‘rtta sessiyasi va tadbirni ochilish hamda yopilishdagi hukumat, BMTTD, BMT YeIK va YeI yuqori lavozimli vakillarining bayonotlaridan iborat bo‘ldi. Forumning interfaol onlayn sessiyalari O‘zbekistonni yanada ko‘proq ekologik va pastuglerodli yo‘lda "yangi imkoniyatlar sari" rivojlanish yo‘nalishlarini keng muhokama qilishga ko‘mak berdi. Hamda issiqxona gazlarini havoga tashlanishini oshishidan iqtisodiyotni yiroqlashtirish va yaqin kelajakda iqlimiy va noiqlimiy larzalarga bardoshligini kuchaytirish imkonini beradigan ustuvor harakatlar va "yashil" moliyalashtirish vositalarini belgilab olish imkonini beradi.
Mazkur tadbir doirasida ekspertlar rahbarligida o‘tkazilgan to‘rtta sessiya quyidagi konsepsiyani shakllantirishga yordam berdi:
- "Yangi imkoniyatlar sari: O‘zbekistonning yashil tiklanishi va olg‘a yo‘l" pandemiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini muhokama qilish va "yashil tiklanish" rejalarini, hamda resurslardan foydalanish unumdorligini oshirish uchun mavjud siyosiy va moliyaviy vositalarni ishlab chiqish imkonini berdi.
- "O‘zbekistonni yashil tiklanishi uchun yetishmovchilik va imkoniyatlarni izlab topish" yashil iqtisodiyot Strategiyasini o‘rganish va COVID-19 inqirozidan so‘ng mamlakatni tiklash bo‘yicha rejalar bilan aloqadorligini o‘rnatish imkonini berdi. BMTTD kelishuvlarga sodiqligini va konsultativ hamda muvofiqlashtirish madadini taqdim yetish, texnik yordam ko‘rsatish va donorlar hamda sarmoyadorlar mablag‘larini jalb qilishga yordam berish orqali yashil iqtisodiyot bo‘yicha Milliy idoralararo kengashni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.
- "Yashil moliyalashtirish vositalariga chuqur kirishish": yashil sarmoyalash uchun xatarliklarni kamaytiruvchi omillarni aniqlagan holda tegishli moliyaviy vositalar, hamda tegishli loyihalarni moliyalashtiradigan mavjud xalqaro jamg‘armalar va institutlar bilan amaldagi milliy va xalqaro ishlash tajribasini qamrab oladi.
- "Xususiy sektorda raqamli transformatsiya uchun maqbul muhit": O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasi va yashil tiklanishiga ko‘maklashishda xususiy sektor salohiyatini to‘liq erkinlashtirishga urinishlarda duch kelinadigan huquqiy baza, moliyalashtirish, aloqa va infratuzilma bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni ko‘rib chiqish imkonini beradi.
To‘rtta sessiyadan so‘ng ishtirokchilarning o‘zaro qizg‘in munozaralari o‘tkazildi, forumni o‘zi yesa O‘zbekistonni yashil tiklanish bo‘yicha kelishilgan ustuvor harakatlarining umumlashtirilgan ma’lumotlarini taqdim yetish bilan yakunlandi. Forum ishda 350 nafardan ortiq xususiy va davlat sektorlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok yetdi.
Muhokamalar va umumiy tavsiyalar uchun forumda BMT taraqqiyot Dasturi tomonidan tayyorlangan "Yashil tiklanish va O‘zbekistonni yashil iqtisodiyotga o‘tishi" nomli tahliliy ma’lumotnomadan qisqacha izohlar taqdim yetildi. Hujjatda "yashil" tiklanish uchun ustuvor sektorlar aniqlangan, ularning imkoniyatlari va muammolari tahlil qilingan, hamda "yashil" iqtisodiyotning Milliy strategiyasini amalda bajarishga yordam berishi mumkin bo‘lgan "yashil" strategiyalar, harakatlar va amaliyotlar hukumatga taqdim yetildi. Qisqacha ma’lumot suvdan samarali foydalanish, oqava suvlarni tozalash va ulardan qayta foydalanish va energiyaning muqobil manbalariga keng ko‘lamda o‘tish, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari ekologik ta’sirini pasaytirish, elektr transportidan foydalanishni rag‘batlantirish, shaharni yashil ko‘rinishga keltirish g‘oyasini ilgari surish, sanoat, qurilish va turar joylar qurilishini ko‘kalamzorlashtirish, yetkazib berish zanjirlaridagi qo‘shimcha qiymatni "yashillashtirish" va oshirish, unumdorlik hamda resurslar barqarorligini (ayniqsa, qishloq xo‘jaligida) oshirish, xususiy sektorni "yashil" sarmoyalardan foydalana olishi va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha xabardorligini oshirish kabi sohalarda BMTTD va boshqa rivojlanish bo‘yicha xalqaro agentliklar hamda donorlarni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan uzoq muddatli o‘zaro hamkorligiga ko‘mak berish uchun ishlatiladi, bularni barchasi yesa O‘zbekistonni koronavirusdan keyingi olamda yanada yashil va barqaror rivojlanishiga ko‘mak berishi mumkin.
Forumning tahliliy ma’lumotnoma va tavsiyalarida taklif etilgan ustuvor sa’y-harakatlar keng ko‘lamli maslahatlashuvlarni va BMTTDning "O‘zbekistonda yashil tiklanishga o‘tish yo‘lida" loyihasi doirasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil yetish uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga taqdim yetiladi. O‘zbekiston hukumati boshchiligida amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi yashil iqtisodiyotga o‘tish uchun yo‘l xaritasi va investitsiyaviy strategiyani ishlab chiqish mazkur jarayonning kutilayotgan yakuniy natijasi bo‘ladi.
Spikerlar mulohazalaridan:
"Biz yashil iqtisodiyotga o‘tishni innovatsiyalar va iqtisod bilimlari asosida iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishni uslublaridan deb hisoblaymiz.... joriy yil mobaynida biz BMTTD bilan birgalikda 2021 yil va undan keyingi yilda Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysining namunaviy tumanlarida amalga oshiriladigan barqaror yashil rivojlanishni ilgari suradigan va unga ko‘mak berishga yo‘naltirilgan "Yangi tiklanish sari" nomi ostida O‘zbekistonda yashil tiklanish bo‘yicha yangi qo‘shma loyihani ishga tushirdik". – Jamshid Qo‘chqorov, Bosh vazir o‘rinbosari / Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri
"Iqlim o‘zgarishi va tabiiy resurslardan yanada ko‘proq foydalanish kelajakdagi o‘sishga to‘siq bo‘lmasligi, kambag‘allik darajasini qisqartirish borasida yerishilgan taraqqiyotga putur yetkazmasligi va O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga yerishish lozim" – Miryana Spolyarich Yegger, BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMTTD ma’muri yordamchisi va Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy direktor.
"O‘zbekiston aholisining 60 foizi – 30 yoshgacha bo‘lgan odamlar. Mamlakat aholisining yarmidan ko‘prog‘i hukumat islohotlaridan oddiygina foydalanuvchi bo‘lib yemas, balki o‘zgarishlarni boshlovchilari bo‘lishlari zarur" – Fransua Bejo, Hamkorlik bo‘yicha rahbar, Yeining O‘zbekistondagi delegatsiyasi.
Izoh qoldirish