Behzod Abduraimov ilk konsertini O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri bilan birgalikda dirijyor Shax Sodiqov boshchiligida ijro etadi.
16 noyabr kuni "O‘zbekiston" xalqaro forumlar saroyida qator xalqaro mukofotlar sovrindori, AQShning Missuri shtatida yashab ijod qilib kelayotgan pianinochi Behzod Abduraimovning xayriya konserti bo‘lib o‘tadi.
Behzod Abduraimov va Shax Sodiqov V. Uspenskiy nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan akademik litseyi bitiruvchilaridir. Toshkentdagi konsert litseyning 80 yilligiga bag‘ishlanadi.
Ushbu xayriya konserti musiqachining o‘z g‘oyasi bo‘lib, "Prezidentning 5 tashabbusi" loyihasi va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Izoh qoldirish