Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2023 yil fevral oyida 1027 birlikni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 2,7 foizga oshgan. Shu bilan birga, ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham 4 foizlik o‘sish qayd etildi.
Komponentlar darajasida quyidagi o‘zgarishlar bo‘lgan.
2023 yilning fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan oyga nisbatan 2,7 foizga oshib, 1027 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:
- xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 12,3foizga oshgan;
- faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 11,7foizga kamaygan;
- tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 4,7foizga oshgan;
- tovar belgilari bo‘yicha komponent 30,6foizga kamaygan.
Hududlar kesimida Surxondaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan
2023 yil fevral oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 11 ta hududda o‘tgan oyga (yanvar) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Surxondaryo (47,1%), Buxoro (44,9%), Qashqadaryo (26,3%), Jizzax (25,1%), Navoiy (18,8%) va Namangan (15,9%) viloyatlarida sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2 - rasm).
Shu bilan birga ushbu ko‘rsatkich 3 ta hududda kamaygan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (- 8,1%), Toshkent (- 1,7%) va Sirdaryo (- 0,9%) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan kamayish kuzatilgan.
BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR
2023 yil fevral oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 5 320,8 ming tani tashkil etdi va 2023 yilning yanvar oyiga nisbatan 583,1 ming tranzaksiyaga (12,3%) oshgan.
Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda oshgan.
2023 yil fevral oyid respublikaning barcha hududlarida yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi o‘sish Andijon (32,0%), Samarqand (24,4%), Navoiy (24,3%), Qashqadaryo (19,4%) va Surxondaryo (18,6%) viloyatlarida kuzatilgan.
TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK
2023 yilning fevral oyida IFIning birja komponenti 1,0470 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning o‘tgan oyga nisbatan 4,7 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining 11,5 foizga oshganligi bilan izohlanadi.
Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023 yil fevral oyida 6 496,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 4,7 foizga oshgan.
XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI
Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2023 yil fevral oyida 0,8827 birlikni tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 11,7 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ham sezilarli darajada 19,2 foizga kamaygan.
2023 yil fevral oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni 2023 yilning yanvar oyiga (613 391 birlik) nisbatan 92 795 taga kamayib, 520 596 birlikni tashkil etgan.
Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 63 taga kamaygan.
Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 503 804 tadan 429 031 tagacha kamaygan (pasayish 74 773 ta). Fermer xo‘jaliklari soni 105 948 tadan 87 989 tagacha (kamayish 17 959 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 3 576 tani tashkil etib, 2023 yilning yanvar oyiga nisbatan 63 taga kamaygan.
BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh
2023 yil fevral oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 0,6942 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning yanvar oyiga nisbatan 30,6 foizga kamaygan. Joriy yilning fevral oyida yuridik shaxslar tomonidan 252 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1027 | ↑1,1231 | ↑1,0470 | ↓0,8827 | ↓0,6942 |
Surxondaryo viloyati | ↑1471 | ↑1,1861 | ↑2,0000 | ↓0,8901 | ↑2,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1449 | ↑1,1251 | ↑2,0000 | ↓0,9570 | ↑1,5000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1263 | ↑1,1940 | ↑1,0377 | ↓0,9331 | ↑7,5000 |
Jizzax viloyati | ↑1251 | ↑1,0922 | ↑1,6731 | ↓0,8596 | ↓0,3333 |
Navoiy viloyati | ↑1188 | ↑1,2425 | ↑1,3546 | ↓0,9610 | ↓0,0000 |
Namangan viloyati | ↑1158 | ↑1,1312 | ↓0,9733 | ↓0,8770 | ↑6,0000 |
Andijon viloyati | ↑1103 | ↑1,3202 | ↑1,0749 | ↓0,8894 | ↓0,5000 |
Samarqand viloyati | ↑1050 | ↑1,2445 | ↑1,0032 | ↓0,8804 | ↓0,6429 |
Xorazm viloyati | ↑1030 | ↑1,1510 | ↑1,0318 | ↓0,9071 | ↓0,5000 |
Toshkent shahri | ↑1007 | ↑1,0904 | ↑1,0456 | ↓0,8540 | ↓0,6401 |
Farg‘ona viloyati | ↑1003 | ↑1,1492 | ↓0,9601 | ↓0,8334 | ↑1,1000 |
Sirdaryo viloyati | ↓991 | ↑1,0821 | ↑1,0616 | ↓0,8519 | ↓0,0000 |
Toshkent viloyati | ↓983 | ↑1,1626 | ↓0,9328 | ↓0,8456 | ↓0,5556 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↓919 | ↑1,0073 | ↓0,9349 | ↓0,8739 | ↓0,0000 |
O‘zbekiston Respublikasi va mintaqalar bo‘yicha IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos oyiga nisbatan o‘zgarishi
Mintaqalar | IFI | Hisoblar bo‘yicha operatsiyalar komponenti | Indeksning birja komponenti | Faoliyatdagi sub’yektlar komponenti | Yangi savdo markalari komponenti |
O‘zbekiston Respublikasi | ↑1037 | ↑1,0718 | ↑1,0803 | ↓0,9361 | ↓0,8077 |
Andijon viloyati | ↑1696 | ↑1,9078 | ↑2,0000 | ↓0,9010 | ↑1,0000 |
Qashqadaryo viloyati | ↑1535 | ↓0,9419 | ↑1,3286 | ↑1,0197 | ↑15,0000 |
Navoiy viloyati | ↑1311 | ↓0,8042 | ↑2,0000 | ↑1,0446 | ↓0,0000 |
Buxoro viloyati | ↑1302 | ↓0,7516 | ↑2,0000 | ↑1,0186 | ↓0,5000 |
Sirdaryo viloyati | ↑1248 | ↓0,7006 | ↑2,0000 | ↓0,9196 | ↓0,0000 |
Farg‘ona viloyati | ↑1167 | ↓0,7619 | ↑1,7186 | ↓0,8876 | ↓0,5789 |
Toshkent viloyati | ↑1133 | ↓0,7820 | ↑1,6456 | ↓0,8766 | ↓0,2703 |
Samarqand viloyati | ↑1125 | ↓0,9136 | ↑1,4650 | ↓0,9270 | ↓0,5000 |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | ↑1110 | ↓0,7872 | ↑1,5747 | ↓0,9296 | ↓0,0000 |
Xorazm viloyati | ↑1088 | ↓0,7990 | ↑1,4485 | ↑1,0098 | ↓0,2222 |
Jizzax viloyati | ↑1045 | ↓0,8460 | ↑1,3639 | ↓0,8957 | ↓0,2000 |
Toshkent shahri | ↑1015 | ↑1,2215 | ↓0,8426 | ↓0,9960 | ↑1,0335 |
Namangan viloyati | ↓998 | ↓0,7665 | ↑1,2762 | ↓0,9215 | ↓0,5455 |
Surxondaryo viloyati | ↓885 | ↓0,7018 | ↑1,0603 | ↓0,8863 | ↓0,6667 |
Ruslan Abdullayev, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaz
Izoh qoldirish