Yanvar oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi tiklandi

Yanvar oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi tiklandi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan baholangan Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) 2021 yil yanvar oyida qayta tiklandi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1025 birlikni tashkil etdi (o‘sish 2,5%).

Ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning iyun oyidan boshlab koronavirus pandemiyasi tufayli salbiy tendensiyaga ega bo‘lgan. Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha davlat tomonidan o‘z vaqtida qabul qilingan chora-tadbirlar makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minladi.

1-rasm. 2021 yilning yanvar oyida IFI o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 foizga oshgan.

Komponentlar darajasida o‘zgarishlar bo‘lgan.

2021 yilning yanvar oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 foizga oshib, 1025 birlikni tashkil etishi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lgan:

  • tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 11,9 foizga oshgan;
  • xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 30,1 foizga kamaygan;
  • faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bo‘yicha komponent 21,8 foizga oshgan;
  • tovar belgilari bo‘yicha komponent 2,1 barobarga oshgan.

Hududlar kesimida Buxoro viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.

2021 yil yanvar oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 9 ta hududda 2020 yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, qolgan 5 ta hududda pasayish qayd etilgan. Buxoro (41,7%), Qashqadaryo (25,6%), Samarqand (24,7%), Farg‘ona (20,6%) viloyatlari va Toshkent shahrida (32,5%) sezilarli darajada o‘sish kuzatilgan (2-rasm).

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan pasayish Andijon (- 14,4%), Surxondaryo (- 9,6%), Sirdaryo (- 7,1%), Toshkent (- 6,9%) va Navoiy (- 6,2%) viloyatlarida kuzatilgan.

2-rasm. 2021 yil yanvar oyida hududlar kesimida ishbilarmonlik faolligi indeksi

TOVAR-XOM AShYo BIRJASIDAGI FAOLLIK

2021 yilning yanvar oyida IFIning birja komponenti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1196 birlikni tashkil etdi va 11,9 foizga oshgan. Ushbu komponentning oshishi har bir bitim bo‘yicha sotib olingan tovarlar o‘rtacha jismoniy hajmining bitimlar sonining 73,6% ga oshganligi bilan izohlanadi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2021 yil yanvar oyida 4 103,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,7 foizga oshgan.

XO‘JALIK YuRITUVChI SUB’EKTLARNING FAOLLIGI

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent 2021 yil yanvar oyida 1,2180 birlikni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 21,8 foizga oshganligini ko‘rsatadi.

2021 yil yanvar oyida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar soni o‘tgan oyga nisbatan 85 780 taga ko‘payib, 524 136 tani (2020 yilning yanvar oyida 438 356 ta) tashkil etdi.

Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 670 taga oshgan.

Hisobot davrida kichik korxonalar soni 417 244 tagacha yetib, o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 75 354 taga oshgan. Fermer xo‘jaliklari soni 94 144 tadan 103 900 tagacha (9 756 taga) ko‘paygan. Yirik tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan sub’yektlar soni 2 992 tani tashkil etib, 2020 yilning yanvar oyiga nisbatan 670 taga oshgan.

BANK HISOB VARAQALARI BO‘YIChA OPERATsIYaLAR

2021 yil yanvar oyida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 3 647,4 ming tani tashkil etdi va o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 1 569,1 ming tranzaksiyaga (-30,1%) kamaygan. Shuningdek, o‘tgan oyga nisbatan esa 24,7 foizga kamaygan.

Banklararo to‘lov operatsiyalari soni barcha hududlarda kamaygan.

2021 yil yanvarda respublikaning barcha hududlarida, yuridik shaxslar o‘rtasidagi bank operatsiyalari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaygan. Xususan, sezilarli darajadagi kamayish Sirdaryo (- 48,1%), Qashqadaryo (- 46,2%), Andijon (- 43,8%), Xorazm (- 39,4%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (- 40,5%) kuzatilgan.

BRENDLARNI RO‘YXATGA OLISh

2021 yil yanvar oyida savdo belgilari muhofazasi bo‘yicha biznes faolligi indeksi 2,1333 birlikni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning yanvar oyiga nisbatan 2,1 baravarga oshgan. Joriy yilning yanvar oyida yuridik shaxslar tomonidan 224 ta tovar belgilari va tovar nomlari ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi va hududlarda IFI komponentlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

O‘zbekiston Respublikasi

1025

↓0,6992

↑1,1196

↑1,2180

↑2,1333

Buxoro viloyati

1417

↓0,6716

2,0000

1,1910

4,0000

Toshkent shahri

1325

↓0,8390

↓0,8036

2,9659

1,9157

Qashqadaryo viloyati

1256

↓0,5384

2,0000

1,2161

↓0,0000

Samarqand viloyati

1247

↓0,6452

1,4354

1,3039

5,3333

Farg‘ona viloyati

1206

↓0,6288

1,2869

1,1878

7,0000

Xorazm viloyati

1154

↓0,6055

1,6374

1,1682

1,0000

Namangan viloyati

1135

↓0,6086

1,4095

1,2194

3,0000

Jizzax viloyati

1056

↓0,6203

1,3708

1,3222

↓0,0000

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1049

↓0,5954

1,2163

1,2020

3,0000

Navoiy viloyati

938

↓0,6097

1,1539

1,1979

↓0,0000

Toshkent viloyati

931

↓0,6321

1,0504

1,1595

1,1667

Sirdaryo viloyati

929

↓0,5193

1,0758

1,1695

2,0000

Surxondaryo viloyati

904

↓0,6320

1,0238

1,2429

↓0,0000

Andijon viloyati

856

↓0,5623

↓0,9170

1,1937

1,0000

O‘zbekiston Respublikasi va uning hududlarida IFI komponentlarining o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishi

Hududlar

IFI

Banklararo tranzaksiyalar bo‘yicha komponent

Tovar-xom ashyo birjasi bo‘yicha komponent

Xo‘jalik sub’yektlari bo‘yicha komponent

Tovar belgilari bo‘yicha komponent

O‘zbekiston Respublikasi

930

0,7526

0,9630

1,0109

1,9649

Farg‘ona viloyati

1506

↓0,7606

↓0,9725

1,0043

21,0000

Buxoro viloyati

1441

↓0,8555

2,0000

1,0049

4,0000

Samarqand viloyati

1352

↓0,7447

2,0000

1,0114

2,2857

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

1331

↓0,8025

1,8465

1,0069

3,0000

Navoiy viloyati

1281

↓0,7371

2,0000

1,0117

↓0,0000

Jizzax viloyati

1276

↓0,7240

2,0000

1,0131

↓0,0000

Sirdaryo viloyati

1275

↓0,7162

1,8630

↓0,9961

2,0000

Toshkent shahri

1151

↓0,7628

1,0865

1,8029

1,7667

Andijon viloyati

1139

↓0,7502

1,5566

1,0173

1,0000

Namangan viloyati

1037

↓0,6341

1,3694

1,0108

1,5000

Qashqadaryo viloyati

992

↓0,7180

1,2854

1,0316

↓0,0000

Toshkent viloyati

987

↓0,7587

1,1355

1,0005

1,5556

Xorazm viloyati

972

↓0,7528

1,1362

1,0192

1,0000

Surxondaryo viloyati

813

↓0,7052

↓0,8586

1,0111

↓0,0000

Ruslan Abdullayev

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Bosh ilmiy xodimi


Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar