"O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.
Quyidagi lavozimlar kiritildi:
- Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
- Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i;
- Bosh vazir maslahatchisi – Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i.
Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagilar tugatildi:
- Bosh vazirning ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi;
- Bosh vazirning sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi;
- Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
- Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati.
Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati tashkil etildi.
Qaror bilan Bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi.
Bosh vazir, jumladan, IT-texnologiyalar, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni ta’minlash faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.
Izoh qoldirish