Sirdaryo viloyatining 2022 yil 1-chorak uchun tashqi savdo aylanmasi

Sirdaryo viloyatining 2022 yil 1-chorak uchun tashqi savdo aylanmasi

2022 yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 203,1 mln. dollar bo‘lib, shundan 67 foiz – 136,4 mln. dollar import va 33 foiz – 66,7 mln. dollar eksportga to‘g‘ri keladi. Hisobot davrida -69,6 mln. dollar salbiy saldoga ega bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati bilan eng ko‘p tashqi savdo aylanmasi 66,9 mln. dollar bilan Qozog‘iston bilan bo‘lib, 3,3 mln.dollar eksport va 63,6 mln. doll. importni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Xitoy (34,1 mln.doll.), Afg‘oniston (24,1 mln.doll.), Rossiya (18,8 mln.doll.) davlatlari turadi.

2022 yil I chorak yakunlari bo‘yicha hududda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar eksporti 27,8 mln dollar, sanoat mahsulotlari eksporti 26,1 mln. dollar, har xil tayyor mahsulotlar 4,6 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari eksporti 3,5 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar eksporti 2,3 mln.dollarni tashkil etdi.

Ushbu davrda oziq-ovqat mahsulotlari 46,5 mln. dollar, kimyoviy moddalar va mahsulotlar 33,7 mln. dollar, mashina va transport uskunalari importi 27,5 mln. dollar, nooziq-ovqat mahsulotlari 18,7 mln. dollar, sanoat mahsulotlari 5 mln. dollarni tashkil etdi.

Viloyatda amalga oshirilgan eksportning 25,4 foizi Yangiyer shahri, 25,1 foizi Sirdaryo, 10,1 foizi Mirzaobod, 8,9 foizi Sayxunobod, 7,7 foizi Guliston tumanlaridan amalga oshirildi.

Importning 12,4 foizi Yangiyer shahriga, 12,2 foizi Sirdaryo tumaniga to‘g‘ri keladi.

Feruz Raximov

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar