Xorazm viloyatining 2022 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

Xorazm viloyatining 2022 yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida Xorazm viloyati yalpi hududiy mahsuloti 2021 yilga nisbatan 5,7 foizga o‘sdi va 32,0 trln. so‘mni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi esa 16,5 mln. so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 3,9 foizga o‘sdi.

2022 yilning yanvar-dekabr oylarida hududda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 18,3 trln. so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 15,1 foizga o‘sdi.

Shu bilan birga, xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmida sezilarli o‘sish sur’atlari kuzatildi va bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan 25,5 foizga oshdi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida hududda 11,5 trln. so‘mlik xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida qishloq xo‘jaligida 2021 yilga nisbatan 3,4 foizga o‘sish kuzatildi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 24,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida xizmatlar sohasida o‘sish sur’atlari 2021 yilga nisbatan 14,6 foizni, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 10,3 trln. so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, 2021 yilga nisbatan chakana savdo aylanmasi 12,6 foizga oshib, 13,4 trln. so‘mni tashkil etdi.

Tahlil qilinayotgan davr mobaynida, qurilish ishlarida o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizni tashkil etdi. Joriy yil davomida hududda 4,9 trln. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.

Ammo, asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalarda nisbatan kamayish kuzatilib 5,5% ga kamaydi va ular hajmi 8,8 trln. so‘mni tashkil etdi.

Asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida viloyatda qurilishmontaj ishlarining ulushi 55,0%, mashina va uskunalar sotib olish xarajatlari 39,8%, boshqa xarajatlarning ulushi 5,2%ni tashkil etdi.

Hududda asosiy kapitalga investitsiyala hajmining kamayishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar miqdorining (2,3 mlrd.so‘m bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 89,7%ni tashkil qildi) kamayishi bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, joriy yilning yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxonalar soninda o‘sish kuzatildi. Joriy yilda 5655 ta kichik biznes sub’yekti tashkil etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,1 foizga ko‘p.

Tahlil qilinayotgan davrda Xorazm viloyatining tashqi savdo aylanmasi 785,5 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 51,9 foizga ko‘p. Hududda savdo balansida 295,1 mln. dollarlik salbiy saldo qayd etilishiga qaramasdan, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,0 foizga ko‘paydi va 245,2 mln. dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, import hajmi 540,3 mln. dollarni tashkil etdi va 88,9 foizga oshdi.

Ilyasov Saliy
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Bosh ilmiy xodim
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar