"Yashil" hudud deb baholangan viloyatlardan cheklovlar olib tashlanadi

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, karantin cheklovlari joriy yil 8 mayidan boshlab quyidagi uchta toifaga kiruvchi hududlarga ajratilib, bosqichma bosqich bekor qilib boriladi.

Uchinchi — "yashil" toifadagi hudud — koronavirus infeksiyasiga chalingan shaxslar aniqlanmagan (yoki aniqlangan shaxslar to‘liq sog‘aygan) hududlar:

➖ Navoiy,
➖ Jizzax va
➖ Qashqadaryo viloyatlari.

"Yashil" hududlarda, yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda:

  • park va istirohat bog‘lari faoliyatiga (attraksion va ko‘ngilochar ob’yektlar faoliyati bundan mustasno),
  • avtotransportlarning stikersiz harakatiga,
  • davlat tashkilotlarida fuqarolar qabullariga ham ruxsat beriladi.

"Yashil" va "sariq" toifadagi hududlarda yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga, sartaroshxona va go‘zallik salonlari hamda savdo majmualari faoliyat yuritishiga quyidagi talablar asosidagina ruxsat berildi:

YO‘NALIShSIZ TAKSILAR — yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanishi lozim;

SARTAROShXONA VA GO‘ZALLIK SALONLARI — xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari — tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob (N 95 yoki ustma-ust 2 ta oddiy spanbond niqobli), yuzni to‘liq to‘sadigan himoya maskasi va tibbiy qo‘lqopdan foydalangan holda "1 ta xizmat ko‘rsatuvchi shaxs — 1 ta mijoz" tamoyili asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda ishlashi lozim;

SAVDO MAJMUALARI — qat’iy ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat etiladi, bunda: savdo majmuasining attraksion, ko‘ngilochar, ovqatlanish bo‘linmalari, kinoteatr va o‘yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar