O‘zbekiston va Eron o‘rtasida parvozlar tiklanadi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida parvozlar tiklanadi

9 dekabr kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi «Tehron-Toshkent-Tehron» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi deb xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.

Dastlabki bosqichda Eron aviakompaniyasi mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil noyabr oyida Transport vazirligi Eron Islom Respublikasi aviatsiya ma’muriyatining «Zagros Airlines» aviakompaniyasini muntazam parvozlarni bajaruvchi aviakorxona sifatida tayinlash to‘g‘risidagi xabarnomasiga, shuningdek, 2001 yil 17 avgustdagi Havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim doirasida taqdim etilgan zarur hujjatlarga muvofiq, «Tehron-Toshkent-Tehron» yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Eron aviakompaniyasiga ekspluatatsiya ruxsatnomasi berilgan.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar