2022 yil yanvar-sentyabr oylariga ko‘ra Sirdaryo viloyatining demografik holati

2022 yil yanvar-sentyabr oylariga ko‘ra Sirdaryo viloyatining demografik holati

Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni 2022 yil yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra 892,2 ming kishini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,6 ming kishiga yoki 101,5% ga ko‘paydi. Jumladan, shahar aholisi soni 383,3 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 43,0%), qishloq aholisi soni 508,9 ming kishi (57,0%)ni tashkil etdi.

Viloyat hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2022 yil 1 oktyabr holatiga eng ko‘p aholi soni Boyovut tumanida 135,0 ming kishini (viloyat aholisi sonidagi ulushi 15,1%ni) va Sirdaryo tumanida 134,2 ming kishini (15,0%), aksincha, eng kam aholi soni Shirin shahrida 19,2 ming kishini (2,1%) va Yangiyer shahrida 46,4 ming kishi (5,2%)ni tashkil etdi.

Tug‘ilgan chakaloklar soni 17 369 kishi, shundan eng ko‘p tug‘ilishlar Guliston shahrida 5 145 (har ming kishiga tug‘ilish koyeffitsiyenti – 71,7 promille) va Sirdaryo tumanida 2 397 (24,1), aksincha, eng kam tug‘ilishlar Shirin shahrida 274 (19,2) va Oqoltin tumanida 863 (21,3)ni tashkil etdi.

2022 yil yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra, 3 151 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, har ming kishiga o‘lim koyeffitsiyenti 4,8 promilleni tashkil etdi.

Eng yuqori ko‘rsatkich Guliston shahrida (7,8 promille), aksincha, eng kam Boyovut (3,9), Sirdaryo (3,8) tumanlarida kuzatildi.

Qayd etilgan nikohlar soni 5164 ta, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,1%ga kamaydi. Ajrimlar soni 1337 tani tashkil etib, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 29,0%ga oshgan.

Eng ko‘p ajrimlar Guliston shahrida 253 ta va Sirdaryo tumanida 199 ta, aksincha, eng kam ajrimlar Shirin shahrida 41 ta va Sardoba tumanida 74 tani tashkil etdi.

Saibov Farrux
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Sirdaryo filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar