2023 yil yanvar-sentyabr oylarida yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 23,1 trln.so‘mni, o‘sish sur’atlari 104.7% ni tashkil etdi.
YaHM tarkibida qishloq, xo‘jaligi ulushi 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,8 punktga kamaygan bo‘lsada (48,3%) respublikada Surxondaryodan keyingi (48,7%) eng yuqori darajalardan biri bo‘lib qolmoqda.
YaHMda sanoat ulushi 16,5% (+3,4), qurilish ishlari ulushi 5,5% (-0,5), xizmatlar ulushi 29,7% (-1,1) tashkil etdi.
Ayrim sohalarda yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi, jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish 88,7% (1-o‘rin), tashqi savdo aylanmasi 102,3% (1-o‘rin), sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,3% (1-o‘rin) ga o‘sdi.
Aholi jon boshiga viloyat qishloq xo‘jaligida (12 707 ming.so‘m) 3-o‘rin, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda (5 619 ming.so‘m) 3-o‘rin, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda (9 593 ming.so‘m) 7-o‘rin va YaHM da (15 557 ming.so‘m) respublika bo‘yicha 6-o‘rinni egalladi.
Viloyatda hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori 3388,4 ming so‘mni tashkil etdi. (Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 1 021 ming so‘mga kam, 9-o‘rin).
Joriy yil 9 oy davomida 3 504 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etilib, ro‘yxatdan o‘tgan kichik biznes sub’yektlari soni 26 615 taga yetdi. Ularning 65% yoki 17 329 tasi bugungi kunda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kichik biznes sub’yektlarining YaHM dagi ulushi 74,2%, sanoatda 24,2%, qishloq xo‘jaligida 98,6%, investitsiyalarda 73%, qurilishda 94%, chakana savdoda 92,7%, eksportda 42,6% va importda 58,7% ni tashkil etdi.
Izoh qoldirish