2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakuniga ko‘ra viloyat iqtisodiyoti asosiy tarmoqlari yuqori o‘sish sur’atlariga erishdi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot (YaHM) hajmi 15,1 trln.so‘mni, (o‘sish sur’ati - 105,4%, viloyat o‘sish sur’ati bo‘yicha respublikada 2-o‘rinni egalladi), YaHM tarkibidagi qishloq, xo‘jaligi ulushi - 38,6%, sanoat ulushi - 26,4%, qurilish ishlari ulushi - 7,7%, xizmatlar ulushi - 27,3%, tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida hududda 10,7 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari (o‘sish sur’atlari 107,1%, 2-o‘rin), 2,2 trln. so‘mlik xalq iste’moli tovarlari (o‘sish sur’atlari 112,6%, 2-o‘rin), 10,2 trln. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (o‘sish sur’ati 106,8%, 1-o‘rin) ishlab chiqarilgan, 4,4 trln. so‘mlik xizmatlar (o‘sish sur’ati 109,1%, 9-o‘rin) ko‘rsatilgan hamda 2,7 trln. so‘mlik qurilish ishlari (o‘sish sur’ati 100,3%, 13-o‘rin) amalga oshirilgan.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylari yakuni bo‘yicha viloyatda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 9,2 trln. so‘mni (o‘sish sur’ati 90%, 14-o‘rin) tashkil etdi.
Tahlil qilinayotgan davrda Sirdaryo viloyatining tashqi savdo aylanmasi 622,5 mln. AQSh dollarini (o‘sish sur’ati 110,9%, 8-o‘rin) tashkil etdi. Hududda savdo balansida 113,8 mln. dollarlik salbiy saldo qayd etilishiga qaramasdan, eksport xajmi 254,4 mln. AQSh dollarini (o‘sish sur’ati 113%, 4-o‘rin), import xajmi 368,2 mln. AQSh dollarini (o‘sish sur’ati 109,6%, 8-o‘rin) tashkil etdi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakuniga ko‘ra Sirdaryo viloyati aholi jon boshiga asosiy kapitalga investitsiyalarda (10 137 ming.so‘m) 3-o‘rin, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda (11 241 ming.so‘m) 4-o‘rin, YaHMda (16 760 ming.so‘m) 5-o‘rin, sanoatda (11 842 ming.so‘m) 5-o‘rin, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishda (2 463 ming.so‘m) 7-o‘rin, qurilish ishlari (2 936 ming.so‘m) 4-o‘rin, xizmatlarda (4 823 ming.so‘m) 6-o‘rinni egalladi.
Viloyatda hisoblangan o‘rtacha oylik nominal ish haqi miqdori 3 533,3 ming so‘mni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich Respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 876 ming so‘mga kam bo‘lib, Sirdaryo viloyatini 8-o‘ringa joyladi.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 1 774 ta yangi kichik va o‘rta biznes sub’yektlari tashkil etilgan, ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’yektlari soni jami 17 673 taga yetib, bugungi kunda ularning 65 foizi yoki 11 406 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kichik biznesning YaHMdagi ulushi 65,5%, sanoatda 31,8%, qishloq xo‘jaligida 96,9%, qurilishda 83,6%, chakana savdo aylanmasida 92,2% ni tashkil etdi.
Pulatov Elyor Sultanovich,
Izoh qoldirish