2023 yil yanvar-sentyabr oylari davomida yalpi hududiy mahsulotning 74,2% (2022 yil yanvar-sentyabrida 79,4%) kichik biznes sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
Ushbu davr mobaynida kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 56,0 mln. AQSh dollarini yoki umumiy eksport hajmining 42,6% ini tashkil etdi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylarida hududlar bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksportining jamiga nisbatan eng ko‘p ulushi Arnasoy, Baxmal, Zafarobod, Paxtakor, Yangiobod va Zomin tumanlarida – 100,0% kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Zarbdor tumanida – 12,7%ni tashkil etdi.
Mazkur oylarda kichik biznes sub’yektlari mahsulot (ishlar va xizmatlar) importining hajmi 528,0 mln AQSh dollarini yoki umumiy importning 95,9%ini tashkil etdi.
2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’yektlari tomonidan:
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 3 449,1 mlrd. so‘mni (jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishining 24,2%i) tashkil qildi;
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Jizzax shahar (1 276,0 mlrd. so‘m), Forish (409,6 mlrd. so‘m), Paxtakor (312,0 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (282,1 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelsa, eng kam – Yangiobod (48,5 mlrd. so‘m) tumani hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 2 675,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 94,0%i) bajarildi va 2022 yilning shu davriga nisbatan 105,0%ga ko‘paydi;
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi Jizzax shahar (1 148,6 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (488,4 mlrd. so‘m), Zomin (197,9 mlrd. so‘m), G‘allaorol (143,9 mlrd. so‘m), Paxtakor (142,4 mlrd. so‘m), Forish (132,9 mlrd. so‘m), Baxmal (104,5 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 18 086,8 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarildi yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 98,7%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 105,6%ni tashkil qilgan.
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan eng ko‘p qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi Baxmal (2750,5 mlrd. so‘m), G‘allaorol (2713,0 mlrd. so‘m) Zomin (1831,0 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (1757,3 mlrd. so‘m), Do‘stlik (1587,0 trln. so‘m) va Zarbdor (1383,2 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 107,2 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 19,3%ni tashkil etib, 2022 yilning shu davriga nisbatan 102,4%ga o‘sishi kuzatildi.
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p chakana savdo tovar aylanmasi hajmi Jizzax shahar (348,2 mlrd. so‘m), G‘allaorol (136,8 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (124,2 mlrd. so‘m), Baxmal (114,6 mlrd. so‘m), Paxtakor (83,9 mlrd. so‘m), Forish (78,5 mlrd. so‘m), Zarbdor (73,8 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
- 4 181,8 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi yoki ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmining 59,1%ini tashkil qildi va o‘sish sur’ati 2022-yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 109,0%ni tashkil qilgan.
Jizzax viloyati bo‘yicha kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan eng ko‘p xizmatlar hajmi Jizzax shahar (1150,0 mlrd. so‘m), Sh.Rashidov (802,7 mlrd. so‘m), G‘allaorol (446,4 mlrd. so‘m) va Zomin (389,3 mlrd. so‘m) tumanlari hissasiga, eng kam xizmatlar hajmi esa Yangiobod (41,5 mlrd. so‘m), Arnasoy (80,4 mlrd. so‘m), Zafarobod (89,4 mlrd. so‘m) hissasiga to‘g‘ri keladi.
Elyor Pulatov,
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi, Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi.
Izoh qoldirish