2023 yil yanvar-sentyabr yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi tahlil qilindi

2023 yil yanvar-sentyabr yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyatida xizmatlar sohasining rivojlanish dinamikasi tahlil qilindi

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida Sirdaryo viloyatida xizmatlar hajmi 4 256,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan va 2022 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 9,1 foizga oshgan.

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida viloyatning yalpi hududiy mahsuloti tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 27,3 foizni tashkil etgan.

2023 yil yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasi tarkibida eng katta ulush moliyaviy xizmatlar (33,2%), savdo (24,9%) va transport (12,3%) xizmatlariga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarni aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (5,8%), boshqa xizmatlar (6,1%), ta’lim xizmatlari (3,7%), yashash va ovqatlanish (2,5%), ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar (2,5%) va kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash (2,4%) egallagan.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2022 yilning shu davriga nisbatan 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida ko‘pchilik xizmat turlarining dinamikasida o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 22,5%, ta’lim xizmatlari 19,9%, moliyaviy xizmatlar 10,5%, yashash va ovqatlanish xizmatlari 7,5%, savdo xizmatlari 7%, shaxsiy xizmatlar (sartarosh va go‘zallik saloni xizmatlari) 6,8% ga oshgan bo‘lsa, ijara xizmatlari 28,5%, me’morchilik, muhandislik tadqiqotlari, texnik sinov va tahlillar bo‘yicha xizmatlar 7,3%ga kamaygan.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 43,9% Guliston shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Hududda ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi eng katta ulushlar bo‘yicha keyingi o‘rinlar Sirdaryo (12,8%), Boyovut (8,9%) tumanlari va Yangiyer shahri (7,0%) hissasiga, eng kichik ulushlar esa Shirin (1,4%), Oqoltin (3,3%) va Sardoba (3,8%) tumanlariga to‘g‘ri kelgan.

2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida xizmatlar sohasida eng yuqori o‘sish sur’atlari Boyovut (131,8%) Sayxunobod (122,7%) va Oqoltin (117,1%) tumanlarida kuzatilgan.

Elyor Pulatov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Jizzax filiali bosh ilmiy xodimi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar