Ushbu davrda Buxoro viloyat YaHM hajmi 43,5 trln. so‘mni tashkil etgan holda o‘tgan yilgi mos davrga nisbatan 6,2%ga o‘sgan, shuningdek, YaIM tarkibida viloyatning hissasi 6,9%ni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHM hajmi esa 10 708,0 ming so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davrga nisbatan 4,0%ga oshgan.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YaHMning 97,3%ni tashkil etgan bo‘lsa, mahsulotlarga sof soliqlar esa 2,7%ni tashkil etgan.
YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibida sanoat ulushi qurilishni qo‘shgan holda 22,7% (2021 yilda 20,8%), qishloq xo‘jaligi ulushi 40,6% (2021 yilda 44,1%) va xizmat ko‘rsatish ulushi 36,7% (2021 yilda 35,1%) ni tashkil etgan.
Respublika makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini shakllanishida viloyatning hissasi ahamiyatli hisoblanadi. YaIMda viloyatning hissasi 6,9%ni hamda asosiy kapitalga investitsiyalar kiritishda 8,2%ni tashkil etib 4-o‘rin, qurilish ishlari bo‘yicha 6,7%ni tashkil etib 3 o‘rinni va qishloq xo‘jaligi sohasida 12,1%ni tashkil etib, 1-o‘rinni egallagan.
Viloyat aholi jon boshiga asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblaganda respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan yuqori. Jumladan, aholi jon boshiga YaHM hajmi bo‘yicha hududlar ichida 10-o‘rin, asosiy kapitalga investitsiyalar kiritish sohasida 7-o‘rin, qishloq xo‘jaligi sohasi bo‘yicha 8-o‘rin, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari sohasi bo‘yicha 7-o‘rin va chakana savda aylanmasi sohasida 9-o‘rindaligi ahamiyatlidir.
Izoh qoldirish