Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida viloyatda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 3 260,8 mlrd. so‘mni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 3 087,4 mlrd. so‘mni, o‘rmon xo‘jaligi – 151,9 mlrd. so‘mni, baliqchilik xo‘jaligi – 21,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
Viloyat qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2022 yilning mos davriga nisbatan 102,3%ga o‘sib, respublika ko‘rsatkichi tarkibida Andijon viloyatining ulushi 8,1% tashkil qildi.
Viloyat ko‘rsatkichidan (102,3 %) yuqori o‘sish sur’atlari Bo‘ston (114,3%), Buloqboshi (105,3%) tumanlarida kuzatildi. Xo‘jaobod (92,9 %) va Shahrixon (100,1%) tumanlarida esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.
Shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Shahrihon (346,1 mlrd.so‘m), Asaka tumani (292 mlrd. so‘m) va Jalaquduq (253,7 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Xonobod shahri (34,3 mlrd. so‘m) va Ulug‘nor tumani (112,8 mlrd. so‘m)ni keltirib o‘tish mumkin.
Aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 979 ming so‘mni tashkil etdi.
2023 yil yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 3 042,4 mdrd. so‘mni (yoki 2022 yilning mos davriga nisbatan 102,8%ga o‘sishni) shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 210 mlrd. so‘m (94%) va chorvachilik mahsulotlari 2 832,4 mlrd. so‘mni (103,4%) tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 93,1% chorvachilik, 6,9% dehqonchilik faoliyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida dehqonchilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3 326 tonna sabzavotlar, 36 tonna kartoshka, 166 tonna meva va rezavorlar ishlab chiqarildi.
Shuningdek, chorvachilikda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 44,2 ming tonna go‘sht, 110,2 ming tonna sut, 55,8 mln. dona tuxum va 1,4 ming tonna baliqchilik ovlandi.
Izoh qoldirish