Andijon viloyatining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha demografik holati tahlili

Andijon viloyatining 2022 yil yanvar-sentyabr oylari bo‘yicha demografik holati tahlili

2022 yilning 1 oktyabr holatiga Andijon viloyatida doimiy yashovchi aholi soni, joriy yil boshiga nisbatan 50,7 ming kishiga (1,5%) ko‘payib, jami 3304,2 ming kishini tashkil etti. Xususan, shahar aholisi 1 726 ming kishiga (jami aholining 52,2%), qishloq aholisi esa 1 578 ming (jami alohiling 47,8%) kishiga yetti. Andijon viloyati aholi soni bo‘yicha respublikada Samarqand (4 095 ming), Farg‘ona (2954 ming) va Qashqadaryo(3461 ming) dan keyin 4-o‘rinni egalladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga mehnatga layoqatli aholi, viloyat doimiy aholising 56,5%ini, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 32,1%ni va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 11,4%ni tashkil qilgan. Xususan jins va yosh guruhlari bo‘yicha (5 yillik intervalda) qilingan tahlilda, erkaklar va ayollar tarkibida 4 yoshgacha bo‘lgan yoshlar aholining asosiy qatlamini shakllantirib(erkaklar – 11,8%, ayollar – 11,1%), umumiy 194 ming kishini tashkil etgan.

Joriy yilning 1 oktyabr holatiga aholi sonining taqsimlanishi 1 674 ming erkaklar (50,7%), 1 631 ming (49,3%) nafar ayollar hissasiga to‘g‘ri keldi. Hududlar kesimi bo‘yicha qaralganda, Andijon shahri (456 ming), Asaka (338 ming) va Shahrixon tumanlari (263 ming) viloyatdagi eng ko‘p aholi istiqomat qiluvchi hududlar hisoblanadi.

Viloyat bo‘yicha 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 7,7 kishi to‘g‘ri kelib, Andijon shahri (71,2 kishi), Xonobod shahri (5 992 kishi) va Marhamat tumani (3 031 kishi) aholi eng zich joylashgan hududlar sirasiga kiradi.

2022 yilning dastlabki 9 oyi davrida, tug‘ilishlar soni 63,3 mingtani, o‘limlar soni 11,4 mingtani, qayd etilgan nikohlar soni 16,4 mingtani va nikohdan ajralishlar 3,7 mingtani tashkil etgan.

Aholi migratsiyasi bo‘yicha, viloyatga 4,9 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan va 6,3 ming kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan.

Bahodir Xolmirzayev
Iqtisodiy islohotlar va tadqiqotlar markazi
Namangan filiali yetakchi ilmiy xodimi
Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar