2024 yilning 1-yanvar holatiga kichik korxona va mikrofirmalar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 24 381 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 14 657 taga yoki 38%ga kamaygan. 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida 4 185 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,5% kam.
Andijon viloyatining 2023 yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra yalpi hududiy mahsuloti tarkibida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi 66,0% tashkil qilgan va 2022 yilning tegishli davriga nisbatan 1,1 punktga kamaygan. Ushbu davrda kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlari qurilishda 96,0%ni, qishloq xo‘jaligida 96,1%ni va yo‘lovchi tashishda 98,0%ni tashkil etdi.
Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soni har 1000 aholiga 7,2 birlikni tashkil etib bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 4,5 birlikka kamaygan. 2024 yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra kichik tadbirkorlik subektlarining soni har 1000 aholiga hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Andijon shahrida 13,8 birlik, Bo‘ston tumanida 10,8 birlik, Xo‘jaobod tumanida 10,0 birlik va Xonobod shahrida 9,6 birlikni tashkil etadi.
2023 yil yanvar-dekabr oylari yakunlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p yangi sub’yektlar savdo sohasida (43%), sanoat sohasida (20%), qishloq xo‘jaligida (7%) va qurilish sohasida (7%) tashkil etilgan.
Izoh qoldirish