Andijon viloyati bo‘yicha 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 14 237,9mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 5,5% ga ko‘paygan. Viloyat chakana savdo tovar aylanmasining respublikadagi ulushi 6,9% tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasining tarkibiy qismlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari hissasiga 93,0% va yirik korxonalar hissasiga 7,0% to‘g‘ri keldi. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2022 yilning mos davriga nisbatan 6,5% ga ko‘paygan va 1 002,9 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 13 235 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 5,4% ga ko‘paygan.
Andijon viloyati bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi hajmida eng yuqori ulushni 3 978,6 mlrd. so‘m (27,9%) bilan Andijon shahri tashkil etdi. Viloyati chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni 159,7 mlrd. so‘m (1,1%) bilan Xonobod shahri tashkil etdi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 250,9 ming so‘mni tashkil etdi (2022 yilning mos davriga nisbatan 103,3% ga ko‘p). Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqorisi Andijon shahri (8 414,9 ming so‘m), Shahrixon (5 767,2 ming so‘m) va Baliqchi (4 389,6 ming so‘m) tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Jalaquduq (108,5%), Qo‘rg‘ontepa (108,5%) va Izboskan (107,3%) tumanlarida jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi. Hududning Paxtaobod (98,2%), Asaka (98,0%) va Shahrixon (99,5%) tumanlarida aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasida pasayish kuzatilgan.
Izoh qoldirish