Farg‘ona viloyat bo‘yicha 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 16 699,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 106,2%ga oshgan. Viloyat chakana savdo tovar aylanmasining respublikadagi ulushi 8,1% tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2022 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 108,7%ga o‘sdi va 1 429,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 8,6% ulushiga to‘g‘ri keldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra 15 270,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 6,5%ga ko‘paydi. Viloyat miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 91,4%ni tashkil etdi.
Chakana savdo tovar aylanmasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi bo‘yicha So‘x (98,5%), Farg‘ona (98,3%) va Toshloq (98,1%) tumanlari yetakchilik qilmoqda. Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning ulushi 8,6% ni tashkil etib, eng katta ulush Uchko‘prik tumani (38,9%), Farg‘ona (13,1%) va Qo‘qon (7,1%) shaharlarida kuzatildi.
Viloyat chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni 3239,3 mlrd. so‘m (19,4%) bilan Farg‘ona shahri, eng quyi ulushni 177,8 mlrd. so‘m (1,0%) bilan So‘x tumani yegalladi.
2023-yilning yanvar-sentyabr oylari holatiga ko‘ra o‘rtacha aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi 4 166,2 ming so‘mni (2022 yilning mos davriga nisbatan 4,0 %ga oshdi) tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichni hududlar kesimida solishtirilganda eng yuqorisi Farg‘ona (10 212,1 ming so‘m), Marg‘ilon (9 947,2 ming so‘m) va Qo‘qon (9 912,6 ming so‘m) shaharlari hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘zbekiston (107,8%), Dang‘ara (107,5%) va Uchko‘prik tumanlarida (106,9%) aholi jon boshiga chakana savdo tovar aylanmasi ko‘rsatkichlarida yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi. Hududning Qo‘shtepa (99,6%), Bag‘dod (99,6%), Yozyovon (99,3%), Furqat (99,1%), So‘x (98,1%) tumanlari va Qo‘qon shahrida (92,9%) aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarida pasayish kuzatilgan.
Izoh qoldirish