2023 yilning 1-oktyabr holatiga kichik korxona va mikrofirmalar soni 24 559 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 13 988 taga yoki 36,3% kamaygan. 2023 yilning yanvar-sentyabr oylarida 3 272 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 25,9% kam.
Andijon viloyatining 2023 yilning yanvar-sentyabr holatiga ko‘ra yalpi hududiy mahsuloti tarkibida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining ulushi 43,7% tashkil qilgan va 2022 yilning tegishli davriga nisbatan 0,8 punktga kamaygan. Ushbu davrda kichik tadbirkorlikning eng yuqori ulushlari qishloq xo‘jaligida 96,1%ni, yo‘lovchi tashishda 92,9%ni, savdoda 82,8%ni va qurilishda 76,6%ni tashkil etdi.
Kichik tadbirkorlik sub’yektlarining soni har 1000 aholiga 7,3 birlikni tashkil etib bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 4,4 birlikka kamaygan. 2023 yilning 1-oktyabr holatiga ko‘ra kichik tadbirkorlik subektlarining soni har 1000 aholiga hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Andijon shahrida 13,9 birlik, Xo‘jaobod tumanida 10,3 birlik, Bo‘ston tumanida 10,3 birlik va Xonobod shahrida 9,8 birlikni tashkil etadi.
2023 yil yanvar-sentyabr oylari yakunlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sohalar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p yangi sub’yektlar savdo sohasida (42%), sanoat sohasida (20%), qurilish sohasida (8%) va qishloq xo‘jaligida (7%) tashkil etilgan.
Izoh qoldirish