Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish qanchaga tushadi

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish qanchaga tushadi

Ob’yektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini (ART) ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi (28.11.2019 yildagi 961-son VMQga qarang).

Eslatib o‘tamiz, shaharsozlik faoliyati ob’yektlari qurilishini loyihalashtirish yoki rekonstruksiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ART beriladi (yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun talab etilmaydi).

Avvalo ARTni ishlab chiqish uchun to‘lov to‘lanishi osonlashdi. Ilgari hududiy qurilish boshqarmalari ariza beruvchi o‘z ERIsi bilan tasdiqlashi uchun unga ARTni ishlab chiqish shartnomasini yuborar edilar (YaIDXP orqali yoki davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilinganda bevosita topshirilar edi). Bundan buyon Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha ishlab chiqish qiymati ko‘rsatilgan invoys - hisobvaraq-faktura bir yo‘la taqdim etiladi.

Ariza beruvchi invoysni olgach, ko‘rsatilgan summani 10 kun ichida to‘lashi lozim. To‘lov to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimi yordamida tasdiqlanadi. Ob’yektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqish qiymati va muddatlari quyidagicha belgilangan:

Qurilayotgan ob’yektlarning turiga qarab ARTni ishlab chiqish

ARTni ishlab chiqish muddati

ARTni ishlab chiqish qiymati (BHMda)

Ob’yekt (bino va inshoot)larning yangi qurilishi uchun

10 kun

4

Rekonstruksiya qilish, shuningdek ilgari foydalanish yoki egalik qilish huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilgan yer uchastkasida yangi ob’yektning qurilishi, shuningdek mavjud ob’yektni qayta ixtisoslashtirish, shu jumladan noturar joylarni turar joy toifasiga o‘tkazish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini o‘zgartirish

8 kun

3,5

Ob’yektni qayta ixtisoslashtirish, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini o‘zgartirish yoki o‘zgartirmasdan noturar joylarni turar joy toifasiga o‘tkazish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kapital qurilish ob’yektlaridan alohida qurish (ART II qism)

7 kun

3

Turar joyni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini o‘zgartirmasdan, xonalarni rekonstruksiya qilgan holda noturar joy toifasiga o‘tkazish

5 kun

1


Bunda tuzatish koeffitsiyentlari (oshirish yoki pasaytirish) tizimi amal qiladi, shu jumladan:

birinchidan, ob’yektning joylashgan joyiga ko‘ra (turar joyni rekonstruksiya qilgan holda noturar joy toifasiga o‘tkazish):

  • qishloq aholi punktlarida – 0,7;
  • tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda va shahar posyolkalarida – 0,8;
  • tumanlar markazlarida va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda – 0,9;
  • Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida – 1;

ikkinchidan, qurilayotgan ob’yektni aholi punktidan tashqarida joylashtirishda - 0,6 pasaytirish koeffitsiyenti qo‘llanadi;

uchinchidan, ARTning arxitektura-shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish qismlarini alohida-alohida ishlab chiqishda har bir bo‘lim uchun narxlar 0,6 koeffitsiyenti bilan qo‘llaniladi;

to‘rtinchidan, tanlovga (auksionga) qo‘yilayotgan yer uchastkalari uchun shaharsozlik topshirig‘ini ishlab chiqish qiymati 0,7 koeffitsiyentini qo‘llagan holda yangi qurilish uchun belgilangani kabi (4 BHM) belgilanadi (ARTni ishlab chiqishda arxitektura-shaharsozlik bo‘limi sifatida uning tarkibiga kiritiladi) va tanlov (auksion) g‘olibi hisobidan to‘lanadi.

ARTning amal qilish muddatlariga tuzatish kiritish va ularni uzaytirish uchun belgilangan ishlab chiqish qiymatining 20%i, ART dublikatlari (nusxalari)ni tayyorlash uchun 10%i miqdorida belgilanadi.

Maqolani ulashing

O'xshash yangiliklar